“Al-Nasr” Hindistonda qiyin gʻalabaga erishdi
Kecha, 22-oktyabr kuni Osiyo chempionlar ligasi 2 turnirining 3-tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi Hindistonda “Goa” klubi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 1:2 hisobi bilan yakunlandi. Gollarga mehmonlar safidan Harun Kamara va Anjelo mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona javob goli Briston Fernandes hisobiga yozildi.
“Al-Nasr” sardori Krishtianu Ronaldu ushbu oʻyin uchun Hindistonga kelmadi. Kingsli Koman, Joau Feliks va Sadio Mane kabi jamoa yetakchilari esa zaxirada qoldirildi.
“Goa” — “Al-Nasr” 1:2
Gollar: Fernandes (41) — Anjelo (10), Kamara (27).
“Al-Nasr”: Bento, Al Gʻannam, Martines (Simakan, 60), Al Amri, Uesli, Al Hasan (Bushal, 60), Anjelo (Al Haybari, 46), Gʻarib, Ayman, Kamara (Mane, 66), Marran (Feliks, 66).
“Goa”: Tivari, Sangvan, Timor, Sandesh, Moreno, Boris, Tavora, Errera, Kumam, Drajich, Siverio.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring