Akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirildi

Gʻayrat OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi oʻtkazildi. Tantanali tadbirda universitet rektori, akademik A.Reymov litseyni muvaffaqiyatli tamomlagan barcha bitiruvchilarni, ularning ota-onalari va ustozlarini tabrikladi, yurtimizda yoshlarning taʼlim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga toʻxtalib oʻtdi.
Bugun ushbu taʼlim dargohini bitirib chiqayotgan yoshlar kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan yetuk mutaxassislar boʻlib yetishishiga ishonch bildirildi.
— Bu maskanda oʻqish davomida ustozlarimiz bergan bilimni astoydil olishga harakat qildim, — deydi litseyni oltin medal bilan bitirgan Gulzira Muratbayeva. — Xalqaro va milliy sertifikatlar uchun tanlovlarda qatnashib, 5 fandan oldim. Shu sertifikatlarim menga oliy oʻquv yurtiga muddatidan oldin talaba boʻlish baxtini inʼom etayotir. Albatta, kelgusida biz, yoshlar Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan kadrlar boʻlib yetishishimiz zarur, deb bilaman va buning uchun barcha kuch-hayratimni safarbar etishga tayyorman.
Tadbirda bitiruvchi yoshlarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi. Marosim davomida oʻquvchilar, ularning ota-onalari ham soʻzga chiqib, ezgu tilaklar va ishonch uchun ustozlarga minnatdorlik bildirdi.
Maʼlumot uchun: joriy oʻquv yilida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyini 248 nafar yoshlar bitirib chiqmoqda. Ular orasidan 2 nafari oltin, 7 nafari kumush medal bilan tamomlagan boʻlsa, 48 nafari “Qizil diplom” bilan bitirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring