Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi

Shavkat Mirziyoyev “Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” xabar berdi.
Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab “qizil” toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning “aʼlo” baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan oʻquvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi. Ular ushbu xizmatlar uchun ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab kam taʼminlangan oilalarning aʼlo baholarga oʻqiyotgan farzandlari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olish va sogʻlomlashtirish xizmatlaridan bepul foydalanadi. Ularning barcha xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.
Mazkur farmonda, shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi taʼminlangan oilalar reyestri va Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oila aʼzolariga koʻrsatiladigan xizmatlar va yordamlarni muvofiqlashtiruvchi asosiy davlat organi etib belgilandi. Bu esa ijtimoiy xizmatlar tizimini yanada markazlashtirish va tizimli nazoratni taʼminlashga xizmat qiladi.
Nodira Rahimova,
OʻzJOKU talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring