Aholi murojaatlari senator tomonidan koʻrib chiqildi
Xabaringiz bor, Oliy Majlis Senati aʼzolari hududlardagi faoliyati davomida aholi vakillari va tadbirkorlar bilan muloqotlar oʻtkazadi. Ularda mavjud kamchilik va muammolar oʻrtaga tashlanadi. Bu kabi masalalar, oʻz navbatida, senatorlar tomonidan nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar koʻriladi.
Jumladan, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Odiljon Mamatkarimov tomonidan Uychi tumanida oʻtkazilgan navbatdagi sayyor qabul davomida Xizirobod mahallasi hududida joylashgan oilaviy shifokorlik punktiga davolash-diagnostika uskunasi zarurligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat senator tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etildi.
Natijada xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati hamda tuman tibbiyot birlashmasi masʼullari koʻmagida oilaviy shifokorlik punktiga zamonaviy EKG apparati topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring