Aholi daromadining katta qismini dori-darmonga sarflayotgani qayd etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu yigʻilish xalqimiz uchun ham, tibbiyot sohasi va uning vakillari uchun ham foydali boʻlishi kerakligini koʻrsatib oʻtdi. Shu bois, yechimini kutayotgan masalalarni ochiq-oydin gaplashib olishni taklif etdi.
Inflyatsiyani jilovlash, oziq-ovqat mahsulotlarining narxini barqaror ushlab turish boʻyicha koʻp ishlar qilinmoqda. Lekin aholi daromadining katta qismini aslida dori-darmonga sarflayotgani qayd etildi.
«Ixtisoslashgan markazlarga soʻnggi besh yilda 7,5 trillion soʻm mablagʻ berildi. Ular minglab eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. Dori yetmayapti deb birorta markaz ayta oladimi?
Mana shu mablagʻlar, uskunalar va dori-darmonlar qanday ishlatilyapti? Afsuski, uskunalarning quvvatidan bor-yoʻgʻi 25 foiz foydalanilyapti», – dedi Prezident.
Raqamlashtirish, xorijdan hamkor topish, klinik protokollarni yangilash, ilgʻor diagnostika, profilaktika va davolashni uddalaydigan zamonaviy jamoani shakllantirish boʻyicha ishlamagan markaz, tuman, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarma va boʻlimlarining kelajagi yoʻqligi qayd etildi.
Qaysi mahallada, tumanda qanday kasallik koʻpaygan yoki kamayganini tahlil qilib, ularning oldini olish hamda samarali davolash boʻyicha aniq reja bilan ishlash, respublika markazlari bunday tahlil va yondashuv bilan ishni pastda tashkil qilishi, katta-katta mablagʻ evaziga olib berilgan eng zamonaviy uskunalardan samarali foydalanish har qachongidan ham dolzarb ekani koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring