Afgʻonistonda tirik mavjudotlarni ommaviy axborot vositalarida koʻrsatish taqiqlandi

Arxiv foto
Afgʻonistonning 15 viloyatida ommaviy axborot vositalarida tirik mavjudotlar koʻrsatilishi taqiqlangan. Bu haqda Afgʻoniston jurnalistika markazi (AJM) xabar tarqatdi.
“Bomiyon shahrida Ezgulikni targʻib qilish va illatlarning oldini olish vazirligining 2025-yil 18-apreldan boshlab tegishli qonunga muvofiq tirik mavjudotlar tasvirini suratga olish va efirga uzatish taqiqlanishi haqida rasmiy koʻrsatma chiqardi”, — deyiladi manbada.
AJM qoʻlida boʻlgan hujjatda mahalliy davlat idoralariga jurnalistlarga hech qanday sharoitda ham tadbir va yigʻinlarda suratga tushishga ruxsat bermaslik haqida koʻrsatma berilgan. Jismoniy shaxslarga ham odamlarni suratga olish qatʼiyan man etiladi.
“Direktivada har qanday qoidabuzarliklar qonuniy choralar koʻrilishi aniq koʻrsatilgan”, — dedi AJM xabarida.
Markazning qoʻshimcha qilishicha, bunday taqiq amalda boʻlgan viloyatlarda telekanallar radio formatida ishlashga oʻtgan. Qolganlarida esa teleekranda tabiat suratlari yoki davlat muassasasi tasviri aks ettirilib, yangiliklar diktorning ovozi bilan birga koʻrsatilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring