Afgʻonistonda kuchli zilzila: 250 dan ortiq kishi halok boʻldi, 500 nafarga yaqini yaralandi

Kecha, 31-avgust kuni tunda, soat 23:47 da Afgʻonistonning Hindikush togʻligida 6,2 magnitudali kuchli zilzila sodir boʻldi. Bu haqda mahalliy nashrlardan biri — “Tolonews” xabar berdi.
Kunar viloyatida yuz bergan kuchli yer qimirlashi oqibatida taxminan 250 kishi halok boʻldi, yana 500 nafarga yaqini jarohat olgan. Tabiiy ofatdan eng koʻp jabr koʻrgan hududlar qatoridan Nurgal, Savkay, Vatapur, Manogay va Chapa Dara tumanlari qayd etilmoqda. Bir nechta qishloqlar koʻchki ostida qolgani, hali ham yuzlab odamlar qutqaruvchilar tomonidan qidirilayotgani aytilmoqda.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, qutqaruv ishlari hozirda ham davom etmoqda. Afgʻoniston Mudofaa, Ichki ishlar hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklariga qarashli guruhlar hududga yetkazilgan. Jarohatlanganlar esa havo transporti orqali Nangarhor mintaqaviy shifoxonasiga olib ketilmoqda.
“Tolibon” hukumatining matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid mahalliy rasmiylarga mavjud barcha imkoniyatlarni ishga solib, aholini qutqarish ishlarini tezlashtirish topshirigʻi berilganini maʼlum qildi.
AQSh Geologiya xizmati (USGS) maʼlumotlariga koʻra, zilzilaning epitsentri Jalolobod shahri yaqinida qayd etilgan. Dastlabki silkinish 6,0 ballga teng boʻlgan, shundan soʻng 5,2 va 4,7 ballik ikkita kuchsizroq aftershok kuzatilgan.
Zilzila nafaqat Kunarda, balki Nangarhor va Lagmon viloyatlarida ham talafotlarga sabab boʻlgan. Shuningdek, silkinishlar poytaxt Kobulda va Pokistonning Xaybar-Paxtunxva hududida ham sezilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring