Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Istamov Mahmud Shuhratovich Adliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Mahmud Istamov 1979-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2000-yilda Adliya vazirligi Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada bosh maslahatchisi, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari boʻlgan. 2004-2005-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi rahbari, 2005-2006-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi boʻlim boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, Istamov faoliyati davomida Prezident devonida turli masʼul lavozimlarda, Adliya vazirining oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosari lavozimlarida, bundan tashqari Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari, Buxoro viloyati prokurori sifatida ish olib borgan.
Tayinlovga qadar u (2024-yildan) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring