Adliya oʻqituvchining qonuniy huquqlarini tikladi

14:21 05 Sentyabr 2025 Jamiyat
81 0

Mamlakatimizda inson huquq va manfaatlari oliy qadriyat sifatida eʼtirof etilmoqda. Buning yana bir amaliy ifodasi Qoʻshrabot tumani adliya boʻlimi oʻqituvchining huquqlari tiklanishiga erishgani boʻldi.

Gap shundaki, Qoʻshrabot tumanida yashovchi Abdiqahhor Baharovga 2007–2024-yillar mobaynida 28-umumiy oʻrta taʼlim maktabidagi mehnat faoliyati davomida foydalanilmagan mehnat taʼtillari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya pullari amalda berib kelinmagan. Oʻqituvchi tuman adliya boʻlimiga bu borada murojaat qilgach, oʻrganish olib borilib, unga 26 million 622 ming 281 soʻm miqdoridagi asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun kompensatsiyalar toʻlab berilmagani aniqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasida aniq belgilab qoʻyilganidek, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan asosiy va qoʻshimcha taʼtil kunlari uchun kompensatsiya toʻlanishi shart.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Ishtixon tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilib, natijada A.Baharovning qonuniy huquqlari tiklandi va unga tegishli kompensatsiya pullari tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan toʻlab berildi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер