Adliya katta maslahatchisi Oʻzbekiston harbiy prokurori boʻldi
Foto: Bosh prokuratura
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Xolboyev Otabek Akbarovich Bosh prokurorning oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Xolboyev mazkur tayinlovga qadar Oʻzbekiston Harbiy prokurorining birinchi oʻrinbosari, undan avval esa Toshkent harbiy prokurori lavozimida ishlagan.
Maʼlumot uchun, 2022-yil noyabr oyidan Oʻzbekiston Harbiy prokurori lavozimida ishlab kelgan Botir Qudratxoʻjayev joriy yilning fevrali oxirida Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring