Adabiyotimiz umidlari

16:48 11 Oktyabr 2019 Madaniyat
1550 0

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan “Asrimiz umidlari” rukni ostida oʻn nafar yosh ijodkorning kitobi chop etildi.

Kecha “Adiblar xiyoboni”da ushbu kitoblarning taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi. Xususan, Fozil Farhodning “Koʻklam kuyi”, Goʻzaloy Solih qizining “Gʻoliba”, Olim Jumaboyevning “Bir oʻzbek oʻyi”, Xoliyor Safarovning “Nomus va hayot”, Bibi Robia Saidovaning “Kakku ovozi”, Jasur Kengboyevning “Yurakning bir cheti”, Nurilla Chorining “Tashvishi yoʻq odamlar”, Bobo Ravshanning “Shom bilan tong orasida”, Salim Abdurahmonning “Xayolimda asraganim”, Sanjar Tursunovning “Sunbulaning soʻnggi oqshomi” shular jumlasidan.

Bu kitoblarning ahamiyatga molik tomoni shundaki, oʻn nafar tiyrak nigohning hayot, inson, tabiat, atrof-muhit, insoniylik, vatanparvarlik va yana koʻplab muqaddas tuygʻularning qalamga olgani, tasvirlagani va badiiy boʻyoqlar bilan boyitgani tahsinga loyiq.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер