Abdusalom Xatamov Oʻzbekistonning Oʻmondagi elchisi etib tayinlandi
Joriy yilning 4-fevral kuni Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov Oʻmon poytaxtiga tashrif buyurdi.
U 2018–2024-yillarda Oʻzbekistonning Yekaterinburg (Rossiya) shahridagi Bosh konsulligini boshqargan. 52 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1993-yilda Buxoro viloyatidagi davlat tuzilmalarida boshlagan va Buxoro davlat universitetida arab tilidan dars bergan. 1999-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻtgan yillar davomida TIVning Buxoro boʻlimi, Konsullik boshqarmasi, Konsullik-huquqiy departamenti, Misr va Saudiya Arabistonidagi elchixonalarda turli lavozimlarda ishlagan.
Arab, rus va ingliz tillarini biladi.
Abdusalom Xatamov 2018–2021-yillarda Oʻzbekistonning Oʻmondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Anvar Abduhalimov oʻrniga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring