Abdulaziz Komilov Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
2022-yilning 3-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bilan uchrashdi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-tranzit, suv energetikasi, madaniy-gumanitar sohalardagi Oʻzbekiston — Qozogʻiston ittifoqchilik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Oliy darajadagi uchrashuvlar natijasida erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Boʻlajak tadbirlar, jumladan, ikki davlat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligini nishonlash (1992-yil 23-noyabr) doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi.
Xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Maʼlumot uchun, Qozogʻiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi “BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlik” oliy darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkent shahriga keldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring