Abdugʻani Sanginov “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi boʻldi
Foto: “Oʻzbekgidroenergo”
Abdugʻani Abduraxmonovich Sanginov “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda “Oʻzbekgidroenergo” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 17-dekabr kuni “Oʻzbekgidroenergo” AJning katta majlislar zalida ijro apparati xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda shu kunga qadar Jamiyat boshqaruv raisi boʻlib ishlab kelgan Abdugʻani Sanginovning tantanali kuzatuv marosimi tashkil etilgan.
Tadbirda soʻzga chiqqan Jamiyat ijro apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari tomonidan Sanginovning “Oʻzbekgidroenergo” AJ rivoji va samarali ish faoliyatiga, mamlakatimiz gidroenergetika sohasi taraqqiyotiga qoʻshgan zalvorli hissasi alohida eʼtirof etilib, yangi rahbarlik lavozimida ham ulkan yutuq va muvaffaqiyatlarga erishishlariga samimiy tilaklar bildirilgan.
Maʼlumot uchun, Abdugʻani Sanginov 2017-yilning may oyida “Oʻzbekgidroenergo” kompaniyasi raisi etib tayinlangandi. Unga qadar u Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvenergo” birlashmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. Sanginov yangi lavozimda Bahodirjon Sidiqovning oʻrnini egalladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring