9 yoshli qizchaning oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchi 4 yilga qamaldi (+video)
Foto: Videodan kadr
Toshkentda 9 yoshli oʻquvchining oʻlimiga sabab boʻlgan haydovchiga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.
Aytish kerakki, ayol BYD mashinasini belgilanganidan yuqori boʻlgan tezlikda boshqarib borayotib, avtobusdan tushgan holda yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtayotgan oʻquvchini urib yuborgan va 9 yoshli qizaloq olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgandi.
Hodisa vaqtida shahar yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan avtobus belgilanmagan joyda yoʻlovchini tushirgan. Shu vaqtda 1983-yilda tugʻilgan ayol haydovchi M.A. boshqaruvidagi “BYD Song Plus” rusumidagi avtomashina avtobus ortidan chiqqan va yoʻlni belgilanmagan joydan kesib oʻtayotgan qizni urib yuborgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudi tomonidan eʼlon qilingan hukmga koʻra, M.A. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, inson oʻlimiga olib kelgan boʻlsa) boʻyicha aybli deb topildi. Sud hukmiga muvofiq, u 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi va 2 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilindi.
Mazkur fojiali hodisa shahar yoʻllarida harakatlanishda yuqori tezlikda harakat qilish va yoʻl qoidalarini buzish qanchalik ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yana bir bor tasdiqladi. Tegishli idoralar tomonidan bunday holatlarning oldini olish uchun yanada qatʼiy nazorat choralari koʻrilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring