79 nafar maktab oʻquvchisi oʻgʻirlab ketildi

12:18 06 Noyabr 2018 Dunyo
1601 0

Nomaʼlum shaxslar Kamerunda 79 nafar maktab oʻquvchisini oʻgʻirlab ketgan. Bu haqda Euronews xabar berdi.

5 noyabr kuni ertalab qurollangan bosqinchilar mamlakat shimoli-gʻarbidagi Bamenda shahri kolleji yotoqxonasiga bostirib kirishgan. Ular 79 nafar oʻquvchi va ikki nafar xodimni nomaʼlum tomonga olib ketishgan. Mutasaddilar tomonidan oʻgʻirlab ketilganlarni qidirish ishlari boshlangan.

OAV mazkur hodisani ushbu hududda yashaydigan ingliz tilida soʻzlovchi kamchilik ichidan chiqqan ayirmachilar bilan bogʻlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер