50 ta oilaga issiqxona bepul topshirildi

Mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish, aholini doimiy daromad manbaiga ega qilish yoʻlida izchil va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Baliqchi tumani “Toʻda” mahallasidan 5 gektar yer maydoni ajratilib, unda zamonaviy issiqxonalar barpo etildi. Ushbu loyiha doirasida ijtimoiy roʻyxatda turuvchi va kam taʼminlangan 50 nafar oilaga 10 sotixdan iborat issiqxonalar 2-yil muddatga bepul ijara asosida topshirildi.
— Bu davr mobaynida oilalar ish tajribasini orttirib, zamonaviy sabzavotchilik sirlarini oʻrganishi va oʻz mehnati bilan daromad topishiga sharoit yaratishi koʻzda tutilgan, — deydi tuman hokimligi xodimi Muzaffarbek Karimov. — Keyinchalik ular toʻplagan tajribasidan foydalanib oʻz tomorqasi yoki boshqa yer maydonida mustaqil biznesini yoʻlga qoʻyishi mumkin.
Loyiha oʻquv-tajriba modeli asosida tashkil etilgan boʻlib, har bir issiqxonaga tajribali tadbirkorlar biriktirilgan. Ular aholiga amaliy yordam koʻrsatib, bozor talabiga mos mahsulot yetishtirishda maslahat va koʻmak berishmoqda. Hisob-kitoblarga koʻra, ushbu issiqxonalarda bir yilda 150-200 million soʻm daromad olish mumkin boʻladi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring