5-sentyabrdan keyin ham qaysi karantin cheklovlari saqlab qolinmoqda?
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagi karantin cheklovlari 2020-yil 5-sentyabrdan keyin ham saqlab qolinmoqda:
— fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda boʻlishi, bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qatʼiy choralar (jarimaga tortish) koʻrish;
— tana harorati 37 gradus va undan yuqori boʻlgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud boʻlgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqmasligi;
— supermarket va boshqa yirik doʻkonlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion “toʻshaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37 gradus va undan yuqori boʻlgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud boʻlgan holatda kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda boʻlishini, shuningdek, ushbu obyektlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qoʻlqop bilan taʼminlash;
— buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shugʻullanuvchi yirik doʻkonlarda sanitar tozalash ishlarini oʻtkazish uchun haftada bir kun sanitar kunini eʼlon qilish;
— davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yigʻilishlar oʻtkazishni taqiqlash, zarur hollarda yigʻilishlarni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish;
— ommaviy tadbirlar oʻtkazishni taqiqlash;
— toʻyxonalar, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter oʻyinlari markazlari faoliyatini taqiqlash;
— oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining oʻzida 30 kishidan koʻp boʻlmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish;
— 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslarning “oʻzini oʻzi yakkalash” hayot tarzida yashashini tavsiya etish va ogohlantiruvchi targʻibot ishlarini amalga oshirish;
— yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi oʻrindigʻi yoʻlovchilar oʻrindigʻidan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan toʻsilgan boʻlishi, haydovchi va yoʻlovchi tibbiy niqobda boʻlishi (tibbiy niqobsiz yoʻlovchini tashish taqiqlanadi), yoʻlovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa oʻrindigʻiga oʻtkazilishi hamda faqat oʻz (avtotransport vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan) hududida harakatlanish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring