4 oyda 4000 ga yaqin noqonuniy chiqindi tashlash holati aniqlandi
Illyustrativ foto
2025-yilning dastlabki 4 oyi davomida 4000 ga yaqin chiqindi tashlash bilan bogʻliq huquqbuzarliklar sodir etildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi maʼlum qildi.
Yil boshidan buyon onlayn kuzatuv kameralari orqali belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bogʻliq 3743 ta holat qayd etilgan.
Hozirda vazirlikning Situatsion markazi tomonidan respublika boʻylab 250 ta onlayn kuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlib, ular tun-u kun ishlab turibdi.
Taʼkidlash joiz, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 91-1-moddasiga muvofiq, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy, qurilish yoki suyuq chiqindilarni tashlash BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha, agar holat bir yil ichida takroran sodir etilsa BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarimaga sabab boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring