28-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17:47 27 Oktyabr 2025 Jamiyat
450 0

Foto: Sardorbek Poyonov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 28-oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kuning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 21-23 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-26 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 21-26 daraja boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 21-26 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechga borib baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-26 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер