2025-yilda Oʻzbekistonga kelgan ispaniyaliklar soni ochiqlandi

16:32 10 Fevral 2026 Welcome to uzbekistan
179 0

2025-yilda jami 27,5 ming nafar Ispaniya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, umumiy tashrif buyuruvchilarning 26,3 ming nafari sayohat qilish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan. 740 nafar ispaniyalik qarindoshlarini yoʻqlash uchun, 467 nafari esa xizmat safari bilan mamlakatimizga tashrif buyurgan.

Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar orasida 15 nafar ispaniyalik oʻqish uchun, 2 nafari esa tijorat maqsadida kelgani qayd etilgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,9 ming nafarga yoki 16,6 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?