2024-yilda auksion orqali sotilgan eng qimmat avtoraqam narxi qancha?
5-dekabr kuni boʻlib oʻtgan onlayn auksionda jami 4,1 mlrd soʻmlik avtoraqamlar sotildi. Bu haqda respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan avtomobil raqamlarining umumiy soni 680 tani tashkil etib, tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 6,1 mln soʻm boʻlgan.
Bu savdolarda eng arzon avtoraqam narxi 1,9 mln soʻm boʻlsa, eng qimmat raqam 474 mln soʻmga sotildi.
Toʻqqiz oyda birja savdolarida 152 mingdan ortiq avtomobil raqamlari sotilgan boʻlib, ularning umumiy qiymati 620 mlrd soʻmni tashkil etgan. Avtoraqamlar xaridida 97% jismoniy, qolgan 3% qismi esa yuridik shaxslarga toʻgʻri keladi.
2024-yilda sotilgan eng qimmat avtoraqam 517,1 mln soʻmga xarid qilingan boʻlib, uni Toshkent shahridan yuridik shaxs qoʻlga kiritgan. Ikkinchi oʻrinda 10-iyul kuni 508 mln soʻmga sotilgan avtomobil raqami turadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring