2024-yil davomida hokimlarning qancha qarori bekor qilingan?
Davlat rahbarining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son farmoniga koʻra, Oliy sud tomonidan har chorak yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasiga qadar sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy chiqarilganligi uchun bekor qilingan qarorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytida ochiq eʼlon qilib borish vazifasi yuklatilgan.
Tahlillarga koʻra, 2024-yil davomida maʼmuriy sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslari qarorini haqiqiy emas deb topishga doir jami 6991 ta ish koʻrilgan boʻlib, ularning 3184 tasi qanoatlantirilgan. Qashqadaryo viloyatida 543 ta, Toshkent shahrida 465 ta va Namangan viloyatida 303 ta qaror sudlar tomonidan haqiqiy emas deb topilgan.
Shu qatorda, mahalliy hokimlik qarorlarining haqiqiy emas deb topilishiga oid jami 2720 ta ish koʻrilgan boʻlib, mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan jami 933 ta qarori bekor qilingan.
Eng koʻp noqonuniy holat Toshkent viloyatida kuzatilgan boʻlib, sudlarga 426 ta qaror ustidan shikoyat kelib tushgan va ularning 143 tasi noqonuniy deb topilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring