2021-yilning fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi
Shvetsiya Qirollik akademiyasi Nobel qoʻmitasi Syukuro Manabe, Klaus Xasselman va Jorjo Parizini fizikada murakkab tizimlarni oʻrganishdagi novatorlik ishi uchun taqdirladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Klaus Xasselman va Syukuro Manabe “Yer iqlimini fizik modellashtirish, oʻzgarishlarning miqdoriy tahlili va global isishning ishonchli prognozi”ni ishlab chiqqan. Jorjio Parizi esa “Xaos va tebranishlar fizik tizimlarda — atomdan sayyoragacha boʻlgan miqyosda qanday oʻzaro taʼsir qilishi”ni aniqlagan.
Syukuro Manabe maxshur klimatolog. Kompyuter paydo boʻlgandan beri iqlim oʻzgarishlarini moddelashtirish bilan shugʻullanadi. U bu yoʻnalishning otasi sifatida tanilgan. Klaus Xasselman ham shu sohada nom chiqargan klimatolog.
Djordjo Parizi esa, fizik nazariyotchi. Kvant maydon nazariyasi, kvant mexanikasi va murakkab tizimlar ustida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring