2005-yilda tugʻilgan fuqaro mashinasidan psixotrop dori vositalari topildi

13:32 26 Iyul 2025 Jamiyat
225 0

Toshkent tumanida 2005-yilda tugʻilgan fuqaro mashinasidan psixotrop dori vositalari topildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB xabar qildi.

Qayd etilishicha, kecha, 25-iyul kuni Toshkent tumanida tungi xizmatga jalb qilingan YPX inspektori tomonidan 2005-yilda tugʻilgan fuqaro boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasi toʻxtatilib, hujjatlari tekshirilgan.

Hujjatlarni tekshirish chogʻida haydovchining harakatlari shubha uygʻotganligi sababli fuqaroning transport vositasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, transport vositasidan oq-qizil rangli, kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop moddasiga oʻxshash 20 dona kapsula koʻrinishidagi dori vositalar borligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro va ashyoviy dalillar ichki ishlar boʻlimiga topshirildi.

Avvalroq ham Sharof Rashidov tumani, Xonobod shahri hamda Toshloq tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosining oldi olingani toʻgʻrisida xabar qilgandik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер