15 dona noyob ilonni boshqa davlatga olib oʻtmoqchi boʻlgan fuqaro toʻxtatib qolindi
“Navoiy” chegara bojxona posti noyob ilonlarni chet davlatga olib oʻtmoqchi boʻlgan fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi xabar qildi.
Xabarda maʼlum qilinishicha, qoʻshni davlatga chiqish maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postiga piyoda kirib kelgan fuqaro yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, ogʻzaki soʻrovda deklaratsiyalanmagan va maʼlum qilinmagan 15 dona “Kolvar” turiga mansub tirik ilonlar aniqlandi.
“Kolvar” Qizil kitobga kiritilgan boʻlib, tabiiy populyatsiyani saqlash maqsadida himoya qilinadi. Ilon choʻl va dasht hududlarida yashaydi va uning zahri odam uchun xavfli hisoblanadi.
Hozirda ushbu tirik ilonlar Toshkent hayvonot bogʻiga topshirilgan hamda mutaxassislar ularning sogʻliq holatini barqaror deb baholashgan.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Taʼkidlash joiz, yovvoyi hayvonlarni Oʻzbekistonga olib kirish ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari beradigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Noqonuniy ravishda bunga urinish esa hayvonlarni belgilangan tartibda olib qoʻyilishiga sabab boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring