13-avgust kuni uchun ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi

21:18 12 Avgust 2025 Jamiyat
366 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 13-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер