126 yoshli Huvaydo momo ham saylovda ovoz berdi

15:40 22 Dekabr 2019 Siyosat
1689 0

Foto: “Xalq soʻzi”.

Fargʻona viloyatida 90 nafarga yaqin yuz yoshdan oshgan otaxon va onaxon istiqomat qiladi. Shulardan biri Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan Huvaydo momo Umarova Buvayda tumanida yashaydi.

958-saylov uchastkasidan saylovda qatnashgan 126 yoshli Huvaydo momo Umarova mamlakat kelajagiga befarq emas. U saylovda birinchilardan boʻlib oʻzi tanlagan nomzodga ovoz berdi.

Qoraqum mahallasida istiqomat qilayotgan onaxon bu yil 126 bahori bilan yuzlashish baxtiga musharraf boʻlmoqda. Huvaydo momo bilan suhbatlashsangiz koʻz oʻngingizda xalqimizning birda qaygʻuli, birda shodumon hayoti namoyon boʻladi. Oktyabr toʻntarishidan keyingi qirgʻinbarot, kolxozlashtirish, quloq qilish, uzoq va sovuq oʻlkalarga surgun, mashʼum qatagʻon, dahshatli urush voqealari koʻz oʻngingizdan kino tasmasidek bir-bir oʻtaveradi. Onaxonning esa koʻzlari yoshlanadi. Momo hayot maktabi tarbiyasini koʻp olgan.

— Bu boshim ne kunlarni koʻrmadi deysiz, bolam, — deydi Huvaydo momo. — Yaratganga shukr, tinch, farovon zamonlarga ham yetdik. Koʻzim koʻrmay qolganiga ancha boʻldi. Ammo nabira-yu evaralardan koʻp narsani bilib turaman. Shunday kunlarni orzu qilib, doim yaxshi niyatda boʻlganman. Yaxshi niyat odamni har qanday qiyinchilik, mashaqqatlardan olib oʻtadi, yaxshi kunlarga yetkazadi. Men bugun bundanda farovon kunlar va dorulomon kunlar bardavomligi uchun ovoz berdim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?