103 yoshli onaxon taqdirlandi

16:28 28 Avgust 2025 Jamiyat
128 0

Mamlakatimiz mustaqilligining oʻttiz toʻrt yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli farmoniga asosan bir guruh 100 yoshdan oshganlar “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan edi.

Ular orasida Narpay tumani “Tepaqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Xaticha momo Gadanova ham bor. Bu onaxon koʻp yillar qishloq xoʻjaligi sohasida ishladi. Umri davomida farzandlariga halol mehnat qilishni oʻrgatdi.

Bayram arafasida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev onaxon xonadonida boʻlib, Xaticha Gadanovani istiqlol bayrami bilan qutladi va unga “Shuhrat” medalini topshirdi.

Tabarruk yoshdagi onaxon keksa avlod vakillariga koʻrsatilayotgan eʼtibor hamda gʻamxoʻrligi uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz toʻkin, farzandlarimiz baxtli boʻlishini tiladi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер