1-sentyabrgacha 3,3 milliard dollarlik 35 ta yirik loyiha soʻzsiz ishga tushishi shartligi taʼkidlandi

Oʻtgan hafta Toshkentdagi forumga kelgan investorlar Oʻzbekistonga sarmoya kiritishga yanada katta qiziqish bildirdi, 30,5 milliard dollarlik savdo va investitsiya shartnomalari imzolandi.
Bu yilgi dastur doirasida yana 26,5 milliard dollar investitsiya boʻlishi, 1-sentyabrgacha 3,3 milliard dollarlik 35 ta yirik loyiha soʻzsiz ishga tushishi shartligi taʼkidlandi.
Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻi hisobidan qurilayotgan yoʻl, suv, elektr boʻyicha 3-5-yillab choʻzilayotgan loyihalar borligi koʻrsatib oʻtildi.
Qayd etilganidek, logistika markazlari qurish uchun 2019-yilda Osiyo taraqqiyot bankidan olingan 197 million dollar boʻyicha qayta-qayta tender oʻtkazilishiga chek qoʻyilganida, hali boshlanmagan ishga 200 ming dollar qarz foizi toʻlanmasdi.
Suv, ekologiya va qishloq infratuzilmasiga jalb qilingan mablagʻlar boʻyicha 6 million dollar qarz foizlari oʻz vaqtida taʼminlanganida, boshqa birorta loyiha kechikmasdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring