1-iyuldan pensiya va nafaqalar miqdori qanchaga oshadi?
“Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, 2021-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar oshiriladi.
Qonunchilikka koʻra, 2021-yil 1-iyuldan:
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy etiladi.
Bunda, ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda 256 ming 675 soʻmdan 400 ming soʻmga oshiriladi.
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 ming soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori 565 ming soʻmga yetkaziladi;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 ming 030 soʻmdan 400 ming soʻmga yetkaziladi;
boquvchisini yoʻqotganlik:
pensiyasi oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun qoʻshimcha toʻlov joriy etiladi;
pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 ming 675 soʻmdan 400 ming soʻmga oshiriladi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi;
nafaqasi oluvchi oilalarning barcha aʼzolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori 400 ming soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun 150 ming soʻmdan qoʻshiladi;
bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 ming 350 soʻmdan 565 ming soʻmga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring