Shavkat Mirziyoyev “Sojitz Corporation” rahbarlarini qabul qildi

Yaponiyaning yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi.

16:28 19.12.2025
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlik rejalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tokioga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Akixiko Tanaka bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi.

15:35 19.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya xalqaro hamkorlik banki boshqaruvchisini qabul qildi

Mazkur yetakchi moliyaviy institut bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

14:47 19.12.2025
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya biznesi bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi

Davlatimiz rahbari uchrashuv ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, yapon ishbilarmonlarining bunday nufuzli tarkibi tomonlarning bir-biriga boʻlgan yuksak ishonchi va iqtisodiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doimiy qiziqishidan dalolat ekanini bildirdi.

14:17 19.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya iqtisodiyot, sanoat va savdo vaziri bilan uchrashuv oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya iqtisodiyot, sanoat va savdo vaziri Ryosey Akazavani qabul qildi.

12:02 19.12.2025
Oʻzbekiston Prezidenti parlamentdagi Doʻstlik ligasi aʼzolarini qabul qildi

Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash va qoʻshma tashabbuslarni ilgari surishda parlamentlardagi doʻstlik guruhlarining rolini kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.

11:24 19.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Vakillar palatasi Spikeri bilan uchrashuv oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio shahriga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya Parlamentining Vakillar palatasi spikeri Fukushiro Nukaga bilan uchrashuv oʻtkazdi.

10:03 19.12.2025
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya Parlamenti Maslahatchilar palatasi prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishda parlamentlar muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.

08:40 19.12.2025
Oʻzbekiston Prezidenti va Yaponiya Imperatorining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Yaponiya Imperatori davlatimiz rahbarini samimiy qutlar ekan, Oʻzbekiston Prezidentining bu galgi tashrifi Oʻzbekiston – Yaponiya doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yoʻlidagi muhim voqea ekanini taʼkidladi.

07:55 19.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Prezidentimiz vatandoshlarimizga ishi va oʻqishida muvaffaqiyatlar tilab, ular kunchiqar yurtda orttirgan bilim va tajribalar Vatanimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

18:32 18.12.2025
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiyaga yetib bordi

“Xaneda” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

18:02 18.12.2025
Yaponiyada “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari boʻlib oʻtmoqda

Tokio shahridagi mingga yaqin oʻringa ega “Ginza” saroyida Yaponiyada “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” tadbirlarining ochilish marosimiga bagʻishlangan konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

13:31 18.12.2025
Oʻzbekiston delegatsiyasi BMTning Sivilizatsiyalar alyansi forumida ishtirok etdi

Anjuman BMT Sivilizatsiyalar alyansining 20-yilligiga bagʻishlanib “Koʻp qutbli dunyoda insoniyat yoʻlida muloqot orqali oʻzaro hurmat va anglashuvning yangi davri” shiori ostida tashkil etildi.

12:41 18.12.2025
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiyaga joʻnab ketdi

Tashrif dasturiga muvofiq, Tokioda bir qator oliy darajadagi uchrashuvlar va tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

10:08 18.12.2025
Hududlarda ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytirish va bolalarni himoya qilish masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, hududlarda kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini kengaytirish hamda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan takliflar bilan tanishdi.

20:38 17.12.2025
Konstitutsiyaviy huquqlarni himoya qilish boʻyicha yangi mexanizmlar joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev fuqaro va tadbirkorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.

18:24 17.12.2025
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga boradi

Tashrif doirasida Prezidentimiz “Markaziy Osiyo — Yaponiya” formatidagi birinchi sammitda ham ishtirok etadi.

18:06 17.12.2025
Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi Parlamenti Spikerini qabul qildi

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklikni, jumladan, parlamentlar hamkorligi orqali yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

15:01 17.12.2025
Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlament aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Mehmonlar “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans”, “Ikkinchi Renessans” hamda “Yangi Oʻzbekiston — Yangi Renessans” ekspozitsiyalari bilan tanishdi.

11:08 17.12.2025