Zuluk koʻpaytirishning klaster tizimi ishga tushiriladi

17:24 02 Fevral 2022 Jamiyat
862 0

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Andijon viloyatida “TASIR” fermer xoʻjaligining zuluklarni koʻpaytirish va koʻpaytirishning klaster tizimi yaratishga qaratilgan tijoratlashtirishga tayyorlash loyihasi uchun 1,18 mlrd. soʻm grant mablagʻlari ajratilgan.

Hozirgi kunda fermer xoʻjaligi tomonidan tibbiyot zuluklarini koʻpaytirish va yangi turdagi nasldor zuluk urugʻlarini xorijdan olib kelib mahalliylashtirish ishlari yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Loyiha tashabbuskori A. Rahmonovning aytishicha, asosiy maqsad qadimiy xalq tabobatlaridan biri hisoblangan tibbiyot zuluklarni koʻpaytirishning klaster tizimini yaratishdir. Bunda zararsiz tabiiy usullar orqali davolash yoʻlga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?