JSST sil kasalligiga aniq tashxis qoʻyish imkonini beruvchi sinamalarni tavsiya qildi

Foto: Illustrativ surat
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti sil kasalligi diagnostikasi boʻyicha tavsiyalarini yangiladi. Xoʻsh, bunga qanday ehtiyoj bor edi?
Maʼlumki, oʻpka faoliyatini izdan chiqaruvchi sil mikobakteriyasi xastalik qoʻzgʻatuvchisi sanaladi. Tahlillarga koʻra, dunyo aholisining qariyb toʻrtdan bir qismida ana shu infeksiyalar mavjud. Bunday bemorlarni oʻz vaqtida aniqlash esa kasallik profilaktikasi va muolajasi samaradorligini oshiradi.
Shundan kelib chiqib, JSST ilk bor infeksiyani yuqtirgan bemorlarni tuberkulyoz mikobakteriyalari antitanalari asosida aniqlash imkonini beruvchi yangi sinamalar turkumini tavsiya qildi.
Mutaxassislar Hindistonning “Cy-Tb”, Rossiyaning “Generium” va Xitoyning “Anhui Zhifei Longcom” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan uchta yangi diagnostika vositasi taʼsir kuchi hamda xavfsizligini baholadi.
Natijada tavsiya etilgan ana shu testlar anʼanaviy tuberkulin teri sinamalariga nisbatan aniqlik darajasi yuqoriligi va xavfsizligi bilan ustun ekanligi maʼlum boʻldi.
‼️Yakunda JSST ekspertlari har uchala testdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar, kattalar hamda OIV bilan kasallangan bemorlarda sil kasalligini aniqlashda foydalanish mumkin, degan xulosaga keldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring