JSST grippni davolash boʻyicha yangi tavsiyalarni eʼlon qildi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti grippga qarshi kurash boʻyicha yangi qoʻllanmani ishlab chiqdi. Ushbu tavsiyalar tashkilot rasmiy saytida eʼlon qilindi.
Yangilangan yoʻriqnoma, avvalo, gripp bilan kasallangan bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalari uchun moʻljallangan. Shuningdek, u epidemiya va pandemiyalarga tayyorgarlik borasida tegishli idoralar uchun maʼlumot manbai boʻlib xizmat qiladi.
Qayd etilishicha, dunyo boʻyicha har yili taxminan 1 milliard kishi mavsumiy grippga chalinadi. Ulardan 3-5 million nafarida kasallik ogʻir kechadi. Xastalik oqibatida yiliga 650 ming nafargacha bemor hayotdan koʻz yummoqda.
Qoʻllanmada qayd etilishicha, agar xastalik yengil kechayotgan bemorlarda grippning ogʻir shakllari rivojlanish ehtimoli boʻlsa, mutaxassislar baloksavir buyurishni tavsiya qiladi. Agar bunday xavf darajasi past boʻlsa, preparatni qoʻllash maqsadga muvofiq emas.
Grippning yengil shakllariga chalinganlarga laninamivir, oseltamivir, peramivir, zanamivir, favipiravir va umifenovirdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Qolaversa, bunday holatda antibiotiklar qabul qilish ham toʻgʻri emas.
Kasallikning ogʻir bosqichida oseltamivirdan foydalanish samarali. Biroq peramivir va zanamivir bilan davolanish buyurilmaydi. Agar bemorlarda boshqa bakterial infeksiyalar rivojlanish xavfi past boʻlsa, ularga makrolidlar buyurilmasligi, plazma terapiyasi oʻtkazilmasligi zarur.
Agar gripp tufayli shifoxonaga yotqizilish xavfi juda yuqori boʻlsa, oseltamivirni profilaktika vositasi sifatida qoʻllash mumkin. Lekin bunday vaziyatda laninamivir va zanamivirni qoʻllash tavsiya etilmaydi.
Qoʻllanmani yuklab olish (ingliz tilida).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring