JSST bosh direktori dunyoda yangi koronavirus tarqalishi pandemiyasga aylanganini eʼlon qildi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tederos Adxanom Gebreyesus dunyoda yangi koronavirus pandemiyasini eʼlon qilingani haqida xabar berdi.
U Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan brifingda yangi koronavirusning tarqalishi pandemiya darajasiga yetganini maʼlum qildi. Bosh direktor Tvitterdagi rasmiy sahifasida “ham tarqalishning tashvishli darajasidan, ham harakatsizlikning tashvishli darajasidan chuqur xavotirda” ekanligini qayd etgan.
Tederos Adxanom Gebreyesus bugungi kunda dunyoning 114 ta davlatida ushbu kasallikni yuqtirish bilan bogʻliq 118 000dan ziyod holat roʻyxatga olingani, oxirgi ikki haftada virusga chalinganlar soni 13 barobar ortganini bildirgan. Bugungi kungacha koronavirusdan 4291 kishi vafot etdi.
“Biz # COVID19 pandemiya xarakterini kasb etyapti deb baholaymiz”, — deb yozadi JSST rahbari. Ayni chogʻda u bu koronavirus keltirib chiqargan ilk pandemiya ekanligiga eʼtibor qaratgan.
T.A.Gebreyesus butun jahondagi mamlakatlarni virus tarqalishiga qarshi kurashish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrishga chaqirgan.
Eslatib oʻtamiz, Rossiyada oxirgi sutkada koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq 8 ta holat aniqlangan. Shundan olti nafari Moskvada qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring