Jomboy tumani hokimi oʻzgardi

11:55 18 Aprel 2020 Jamiyat
3492 0

Bugun, 18-aprel kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Jomboy tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, sessiya ishida viloyat hokimligi vakillari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari hamda xalq deputatlari tuman kengashining deputatlari qatnashishdi.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Qayum Hamroyevich Sobirov Jomboy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Maʼlumot oʻrnida, Q.Sobirov 1970-yilda Urgut tumanida tugʻilgan. Iqtisodchi. Bugungi kungacha Oʻzbekiston Markaziy bankining Samarqand viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Shu paytgacha tuman hokimi sifatida faoliyat yuritgan Hamza Toʻychiyev arizasiga asosan vazifasidan ozod qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?