Jizzaxda INNO texnoparki quriladi
Foto: Illustrativ foto
Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparklari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra Toshkent shahrida barpo etilgan «INNO» innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki Namangan, Buxoro, Jizzax va Nukus shaharlarida 2023-2026-yillarda bosqichma-bosqich tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Jizzax shahrida barpo etiladigan INNO texnopark loyihachisi “D&B Masters” kompaniyasi hisoblanib, bugungi kunda texnopark uchun Jizzax shahri “Sangzor” MFY hududidan 7294 m2-maydonda bino qad rostlashi mumkin.
Loyiha haqida pudratchi va loyiha tashkilotlariga maʼlumot berish maqsadida, dastlab, 17-yanvar kuni Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati IK majlislar zalida va 18-yanvar kuni Jizzax shahridagi IT-park binosida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Maʼlum qilinishicha, obyektni qurish ishlar boshlanishi tender oʻtkazilganidan soʻng, mart oylarida boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring