Jinoyatchilikdan holi mahalla
Joriy yil mamlakatimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb eʼlon qilindi. Bu qaror mahallalar hayotiga yangicha rux berdi – faoliyat shunchalik jadallashdiki, aholi kundalik muammolarini tezda hal etish, tadbirkorlik va bandlikni ragʻbatlantirish, kambagʻallikni qisqartirish kabi ishlar samarasi koʻzga tashlanadi.
Samarqand viloyatida 1063 ta mahalla fuqarolar yigʻini shu vazifani sidqi dildan amalga oshirmoqda. Jumladan, Samarqand shahridagi Devori Koʻndalang mahallasi bunga misol boʻla oladi.

Mahallada nafaqat tartib va xavfsizlik saqlanadi, balki ijtimoiy va maʼnaviy muhit ham sogʻlomlashtirilmoqda. Fuqarolar, ayniqsa yoshlar bilan yaqindan ishlash eʼtibor markazida.
– Mahallamizda 440 ta xonadonda 2415 nafar aholi istiqomat qiladi, – deydi mahalla raisi Alisher Karimov. – Biz 740 nafar yoshlar bilan alohida suhbatlar oʻtkazdik, 32 ta profilaktik tadbir tashkil etdik. Shuningdek, 320 nafar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar oʻtkazildi, 368 nafarga huquqiy tushuntirish berildi. Fuqarolardan kelgan 14 ta murojaat ijobiy hal etildi. Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni qayta birlashtirdik, besh nafar bola ota-ona bagʻriga qaytarildi.

Mahalla “Xavfsiz mahalla” konsepsiyasi doirasida ham qator ishlar amalga oshirildi. Hududda 18 ta koʻchada 30 ta kuzatuv kamerasi oʻrnatildi, 920 xonadon videokuzatuv bilan taʼminlandi. Barcha koʻchalar tungi yoritish chiroqlari bilan qoplanib, yoʻllar asfaltlashtirildi. Natijada mahalla tinch va osoyishta, xavfsiz joyga aylandi.
Mahalladagi kam taʼminlangan oilalar, “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolar homiylar koʻmagida oziq-ovqat, maishiy texnika va moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Bugun Devori Koʻndalang nafaqat yashash hududi, balki bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markaziga aylandi. Mahallada har bir insonning qadri ulugʻlanadi, mehnati eʼzozlanadi va hayotiy farovonlik sari qadamlar tashlanmoqda.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring