Jasorat sohiblariga bayramona ehtirom
Surxondaryoda afgʻon urushi qatnashchilari va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Prezidentimiz tashabbusi asosida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning hayot sifati va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tizimli ishlar Surxondaryo viloyatida izchil davom etmoqda.

Ana shu ezgu maqsadlar doirasida Termiz shahridagi “Mumtoz” tantanalar saroyida surxondaryolik afgʻon urushi qatnashchilari hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi, Oʻzbekiston “Nuroniy” jamgʻarmasi masʼullari, shuningdek, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bayram munosabati bilan tadbir ishtirokchilariga esdalik sovgʻalari topshirildi. Madaniyat va sanʼat namoyandalari tomonidan ijro etilgan qoʻshiq va raqs tadbirga bayramona shukuh bagʻishladi. Toʻkin dasturxon atrofida oʻtgan samimiy suhbatlar, iliq tabriklar bayram kayfiyatini yanada koʻtardi.

Mazkur tadbir afgʻon urushi qatnashchilari va nogironligi boʻlgan shaxslarga boʻlgan eʼtibor, gʻamxoʻrlik va ehtiromning yana bir yorqin namunasi sifatida ishtirokchilar qalbida iliq taassurot qoldirdi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring