Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar roʻyxati eʼlon qilindi

16:02 08 Aprel 2026 Jamiyat
298 0

Internetdagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan hamda Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlarning yangi roʻyxati eʼlon qilindi.

2026-yil 6-aprel holatiga koʻra, huquq-tartibot idoralari murojaatiga asosan Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan tayyorlangan dinshunoslik ekspertizasi xulosasi asosida qariyb 1 ming 837 ta kontent radikal mazmunda deb topilgan va ularni Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish toʻliq taqiqlangan.

Jumladan:

  • Telegramʼda — 855 ta;
  • Facebookʼda — 270 ta;
  • YouTubeʼda — 190 ta;
  • Instagramʼda — 386 ta;
  • Threadsʼda — 1 ta;
  • TikTokʼda — 62 ta;
  • Odnoklassnikiʼda — 39 ta, shuningdek, internet jahon axborot tarmogʻidagi saytlar hamda boshqa manbalarda 34 ta kontent taqiqlangan.

Taqiqlangan materiallarning batafsil roʻyxati quyidagicha (ketma-ketlikda):

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?