Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan «Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasiga kiritish mezonlari, ularning moliyaviy hisobotlari va auditiga qoʻyiladigan talablar hamda Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida«gi qaror (roʻyxat raqami 3736, 27.12.2025-y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Mazkur hujjat bilan yuqori ijtimoiy va iqtisodiy taʼsirga ega yirik tijorat tashkilotlari tomonidan yillik moliyaviy hisobotlarini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq taqdim etish talabi yengillashtirildi.
Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar sifatida quyidagilar belgilanmoqda:
- Aksiyalari ommaviy savdolarga chiqariladigan tashkilotlar;
- Tijorat banklari, mikromoliya banklari, mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari, toʻlov tashkilotlari;
- Investitsiya fondlari;
- Birjalar;
- Aktivlarining balans qiymati BHMning 1 mln baravaridan ortiq hamda mahsulot, tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan yillik sof tushumi va dividend shaklidagi daromadlari birgalikda BHMning bir million baravaridan ortiq boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalar;
Shuningdek, oxirgi 2-yil davomida hisobot yili yakunlariga koʻra:
- aktivlarining balans qiymati BHMning 1 mln baravari va undan ortiq;
- yillik sof tushumi BHMning 1 mln baravari va undan ortiq;
- xodimlarining oʻrtacha yillik soni 500 nafardan kam boʻlmagan tashkilotlar.
Endilikda, yuqoridagi mezonlarga tushadigan tashkilotlar Jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar reyestriga kiritiladi.
Bundan tashqari, mazkur Reyestr Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yuritiladi hamda har yili 1-iyulga qadar Hukumat portali yagona platformasi hamda Ochiq maʼlumotlar portalida eʼlon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring