Jami 100 mln soʻmlik kitoblar sovgʻa qilindi
Guliston shahridagi Yoshlar markazida “Kitobxonlik — millatni ulugʻlaydi” mavzusida adabiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan umumtaʼlim maktablari kutubxonalariga qariyb 100 million soʻmlik 35 ming jild kitob sovgʻa qilindi.
Yoshlar markazi zalida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi, Davlat mukofoti laureati, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Adabiy kechani viloyat hokimining oʻrinbosari Otabek Nosirov kirish soʻzi bilan ochdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi masʼul kotibi Hayotxon Ortiqboyeva Sirdaryo adabiy muhitida sodir boʻlgan muhim voqealar haqida gapirdi. Soʻngra xalq shoiri Sirojiddin Sayyid yoshlarga qarata nutq irod qildi va sheʼrlaridan namunalar oʻqib berdi.
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari shoir sheʼrlaridan saralangan guldastani yigʻilganlar hukmiga havola etdi. Shu maktab direktori, taniqli shoir Muhammad Ismoil Sirojiddin Sayyidga oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan sovgʻani topshirdi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Asatillo Xoliqov Sirojiddin Sayyid sheʼrlari bilan aytiladigan qoʻshiqlarni yonib kuyladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring