Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi
Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank–Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.
Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zelenskiy soʻnggi bor Berlinga 2024-yil oktyabrda rasmiy tashrif bilan kelgan va oʻshandagi kansler Olaf Shols bilan uchrashgan edi.
Fridrix Mers esa may oyi boshida kansler lavozimiga kirishgach, darhol Kiyevga tashrif buyurgan.
Mers avvalroq Ukrainaga qoʻyilgan qurol-yarogʻ cheklovlarini olib tashlash zarurligini taʼkidlagandi. Shuningdek, Germaniya Ukrainaga “Taurus“ raketalarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda, ammo bu qachon amalga oshishi hozircha aniq emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring