Zelenskiy, Erdoʻgʻon va Guterrish oʻrtasidagi Lvovdagi muzokaralar qanday kechdi
Foto: Anadolu Agency
Lvovda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdoʻgʻon va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish oʻrtasida uch tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Ukraina rahbari yana bir bor Rossiya bilan qoʻshinlar toʻliq olib chiqib ketilgandan keyingina muzokaralar olib borish mumkinligini taʼkidladi.
Urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukrainaga kelgan Rajab Toyyib Erdoʻgʻan, Rossiya bilan diplomatik jarayonni qayta boshlashga chaqirdi. Shu bilan birga, u Zaporojye atom elektr stansiyasi atrofida davom etayotgan harbiy harakatlardan xavotir bildirdi.
“Biz boshqa Chernobilni boshdan kechirishni istamaymiz”, — deya qoʻshimcha qildi Turkiya rahbari.
Antoniu Guterrish jahon oziq-ovqat bozorining barqarorlashuvi haqida gapirdi, biroq, uning soʻzlariga koʻra, jahon hamjamiyati “aldanmasliklari kerak”. Shuningdek, u Rossiya qoʻshinlari tomonidan bosib olingan Zaporojye AES atrofidagi hududni demilitarizatsiya qilishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring