Zangiotada “Nexia-3” YTHga uchrab, majaqlanib ketdi

12:31 13 Oktyabr 2025 Jamiyat
181 0

Foto: Toshkent viloyati YHXB

Toshkent viloyati IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Zangiota tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, voqea bugun, 13-oktyabr kuni soat taxminan 03:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan oʻtgan mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan 10V029 “Jartepa q. — Tarnov.q” avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.

“Nexia-3” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi 21 yoshli I.S. harakat vaqtida rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlning oʻng tomonidagi pastlikka tushib ketgan.

YTH oqibatida haydovchi yengil tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahri Sergeli tumanida 2 ta “Matiz” rusumli avtomashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar berilgan edi. Poytaxt YHXBga koʻra, hodisa oqibatida tan jarohati olgan 3 nafar fuqaroga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер