Zamonamiz qahramonlari aks etgan asarlar

“Xalq soʻzi ONLINE“. Dilshod Karimov. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 3 avgustdagi mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan uchrashuvidan soʻng Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan hayotning barcha jabhalarida fidoyilarcha mehnat qilayotgan zamondoshlarimiz badiiy mukammal obrazlarini yaratish, bugungi ulugʻvor bunyodkorlik ishlarini tarix zarvaraqlariga muhrlash maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi va zamonamiz qahramoni” ijtimoiy loyihasi eʼlon qilingan edi.
Ushbu loyiha doirasida Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Qoʻchqor Norqobilning “Bu yerlarda hayot boshqacha”, Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan”, Luqmon Boʻrixonning “Titrayotgan togʻ”, Abduqayum Yoʻldoshevning “Osmon ogʻushi” asarlari chop qilindi.
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida oʻtkazilgan mazkur kitoblar taqdimotida mamlakatimizda adabiyot rivojiga berilayotgan eʼtibor natijasida xalqimiz hayoti va tafakkuriga, qadriyatlariga yaqin asarlar yaratilayotgani taʼkidlandi.
“Zamonamiz qahramoni” turkumida chop qilingan asarlar syujeti, obrazlari taqdiri turlicha boʻlsa-da, ularni vatanparvarlik, fidoyilik, davlat va jamiyat hayotiga daxldorlik hissi bilan yashash, mehnatsevarlik, tinchlik va taraqqiyotga halol xizmat qilish kabi ulugʻvor gʻoyalar ilgari surilgani birlashtirib turadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring