Zakovatli kursantlar “Zakovat”da bellashishdi
Yangi Oʻzbekistonda yosh avlodning ilmga intilish va maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ularning qalbida Ona Vatanimiz, xalqimizga muhabbat va sadoqat tuygʻusini kuchaytirish, barkamol shaxsni tarbiyalash, kitobga boʻlgan muhabbatini kuchaytirish, kursantlarning intellektual mantiqiy bilimini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, muhtaram Prezidentimizning “Zahmatli mehnati orqali orzu-umidlari ushalgan inson – eng baxtli insondir. Shuning uchun doimo balandlarga intiling, ezgu maqsadingiz uchun kurashing. Doimo oʻqing-oʻrganing, oʻzingizga ishoning, kashfiyotlar qiling, yangiliklar yarating, oldinga dadil qadam tashlang”. – deya aytgan soʻzlari yoshlarimizga dastur amal boʻlib kelayotir.
Bu borada, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ham kursantlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini oshirish hamda yoshlar oʻrtasida milliy istiqlol gʻoyasi va birdamlikni taʼminlash, intellektual sogʻlom raqobatni yuzaga keltirish, yoshlarning bilimga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan zakovatli yoshlar bilan fikr almashish imkoniyatini yaratish hamda yoshlar orasida kitobxonlikni targʻib qilishga qaratilgan keng qamrovli intellektual oʻyinlar oʻtkazilmoqda.
Jumladan, 2023-yilning 14-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursantlari oʻrtasida “Mening bayrogʻim muqaddasdir” shiori ostida poytaxtimizning “Zakovat arenasida” “Zakovat” intellektual oʻyini yuqori saviyada oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda “Zakovat” intellektual koʻrsatuvi muallifi va boshlovchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi Abdurasul Abdullayev, “Zakovat” nodavlat-notijorat tashkiloti masʼul xodimlari, Akademiya harbiy xizmatchilari va kursantlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Bahs-munozaralarga boy boʻlgan oʻyin davomida Akademiyaning barcha batalyon kursantlari oʻrtasidagi 24 ta savollardan iborat shartlar boʻyicha chinakam bilimlar bellashuvi boʻlib oʻtdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Qiziqarli oʻtgan “Zakovat” intellektual oʻyini nizom talablari asosida zakovat nodavlat notijorat tashkiloti mutaxassislaridan iborat hakamlar hayʼati tomonidan adolatli baholanib borildi.
Oʻyin natijalariga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan jamoa “Magistrlar” jamoasi birinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni “Status” jamoasi egalladi. Uchinchi oʻrin esa “Everest” jamoasiga nasib etdi.
Yakunda gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan zakovat kubogi, diplom va tashakkurnoma hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan tantanali taqdirlandilar.
Farhodjon XOʻJAYEV,
Akademiya katta oʻqituvchisi, mayor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring