Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga bir qator huquqlar beriladi — Hukumat qarori
Illyustrativ foto
“Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (200-son, 02.04.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga quyidagi huquqlar beriladi:
— yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtash;
— aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pulli to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
— yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanish.
Bundan tashqari, 2025-yil 15-apreldan 2026-yil yakunigacha eksperiment tariqasida Toshkent shahrida turlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq va 8 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga hamda yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Bunda o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarga litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji BHMning 3 barobari miqdorida undiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring