YUNESKO Bosh direktori Oʻzbekistonning maktabgacha taʼlim tizimidagi islohotlarini yuqori baholadi
Maktabgacha taʼlim vazirligi delegatsiyasi Parijda xizmat safarining uchinchi kuni navbatdagi samarali uchrashuvni oʻtkazdi.
YUNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish boʻyicha II Butunjahon konferensiyasini oʻtkazish masalasini muhokama qilish uchun tashkilot bosh ofisida vazirlik rahbariyatini qabul qildi.
Vazirlar darajasidagi mazkur anjumanni oʻtkazish uchun Oʻzbekistonning mezbon davlat sifatida tanlanishi YUNESKO rahbariyati tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlandi. Shu bois mazkur uchrashuv tashkilot Bosh direktoriga minnatdorlik va hurmat-ehtirom bildirish uchun navbatdagi imkoniyat boʻldi.
Odri Azule mamlakatimizning maktabgacha taʼlimni nafaqat mamlakat miqyosida, balki xalqaro miqyosda rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasini yuqori baholadi.
Respublikamizning erta rivojlanish sohasidagi yutuqlari sezilarli boʻlib, xalqaro ekspertlar va hamkorlar tomonidan haqli ravishda baholanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring